Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyani, hatto "qiyin yo‘l bilan" bo‘lsa ham oladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Oq uyda yirik neft kompaniyalarining yuqori lavozimli rahbarlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Undan Grenlandiyaning Qo‘shma Shtatlar tarkibiga kirishi uchun qancha pul kerak bo‘lishi mumkinligi so‘ralgan.
"Men hali Grenlandiya uchun pul haqida gapirmayapman. Bu haqda gapirishim mumkin, lekin hozir biz Grenlandiya haqida biror narsa qilamiz, ular xohlasalar ham, xohlamasalar ham", dedi Oq uy rahbari. U agar AQSh xohlamasa, "Rossiya yoki Xitoy Grenlandiyani egallab oladi" degan fikrni bildirdi.
"Men oson yo‘l bilan kelishuvga erishmoqchiman. Lekin agar biz buni uddalay olmasak, unda qiyin yo‘lni tanlaymiz", deb xulosa qildi u.