Orol masalasi bo‘yicha ayni daqiqalarda nimalar ma’lum:
🔸Grenlandiya TIV rahbari AQSh bilan muzokaralar Daniya ishtirokisiz ham o‘tishi mumkinligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, har qanday kelishuvda orol manfaatlari birinchi o‘rinda turishi kerak.
🔸OAVga ko‘ra, AQSh Grenlandiya aholisiga $10 mingdan $100 minggacha kompensasiya taklif qilib, orolni Daniya nazoratidan chiqarish variantini ko‘rib chiqmoqda.
🔸Marko Rubio kelasi hafta Daniya va Grenlandiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
🔸Tramp esa Grenlandiyani faqat ijaraga olish bilan cheklanmaslik, uni to‘liq egalik asosida boshqarish kerakligini aytgan. U Daniyaning orolga bo‘lgan huquqini tarixiy jihatdan shubha ostiga olmoqda.