Fox News telekanali muxbiri Piter Dusi brifing chog‘ida Trampdan "Putinni qo‘lga olish bo‘yicha topshiriq berasizmi?", deb so‘radi.
"Menimcha, bunga hojat yo‘q. Men har doim u bilan yaxshi munosabatda bo‘lganman. Biroq undan ko‘nglim qolgan", — deya javob qaytardi Oq uy rahbari.
Shuningdek, Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlik kelishuvi tuzilishi cho‘zilayotganidan noroziligini bildirib, bu masala o‘zining saylovoldi dasturida ustuvor vazifa bo‘lganini ta’kidladi.
"Men sakkizta urushga barham berganman. Men Ukraina urushini o‘rtacha darajada, balki eng osonlaridan biri bo‘ladi, deb o‘ylagandim. Bilasizmi, Piter, so‘nggi bir oy ichida ular 31 ming odamini yo‘qotdi, ularning ko‘pi rus askarlari. Bundan tashqari, Rossiya iqtisodiyoti yomonlashmoqda. Menimcha, biz bu urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishamiz", — dedi AQSh prezidenti.