Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

Tramp AQSh Polshaga qo‘shimcha 5 ming nafar harbiy yuborishini ma’lum qildi

Tramp AQSh Polshaga qo‘shimcha 5 ming nafar harbiy yuborishini ma’lum qildi

Oq uy rahbari bu haqda o‘zining Truth Social tarmog‘ida yozib qoldirdi.

Bu Pentagonning Polshaga 4 ming askar jo‘natish rejasini bekor qilganidan bir hafta o‘tib yuz berdi. AQSh Mudofaa vaziri Pit Hegset Pentagonning Polshaga 4 ming askar yuborish rejasi bekor qilingani aslida vaqtinchalik kechiktirish ekanini aytib, Vashington mamlakatdagi kuchli harbiy ishtirokni saqlab qolishini ta’kidladi.

Tramp ma’muriyati so‘nggi haftalarda “America First” siyosati doirasida Yevropadagi amerikalik harbiylar sonini qisqartirish niyatida ekanini bildirib kelmoqda.

Avvalroq, AQSh Germaniyadan 5 ming nafar askarini olib chiqishini e’lon qilgan edi. Hozircha Polshaga yuboriladigan qo‘shimcha harbiylar Germaniyadan chiqarilayotgan qo‘shinlar tarkibidanmi yoki alohida guruhmi noma’lum.

Kiritildi: Bugun 12:54. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!