Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Ayova shtatida so‘zga chiqqan Tramp 2026 yili AQSh Mustaqillik deklarasiyasining qabul qilinganiga 250 yil to‘lishi munosabati bilan mamlakat bo‘ylab turli tantanali tadbirlar o‘tkazilishini ma’lum qildi.
“Men UFC jangini o‘tkazish haqida o‘ylayapman. Bu yerda UFC ni kuzatadiganlar bormi?” – deb tinglovchilarga murojaat qilgan Tramp o‘z nutqida UFC prezidenti Dana Uaytni ham tilga oldi.
"Har bir milliy bog‘ va tarixiy joylarda Amerika mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan maxsus tadbirlar o‘tkaziladi. Biz UFC jangini ham tashkil qilamiz, bu Oq uy hovlisida bo‘lib o‘tadi", — dedi AQSh prezidenti.
Qayd etilishicha, mazkur bayonot jiddiy aytilgan bo‘lib, Oq uy rasmiylari ham buni tasdiqlagan.
"UFC tadbirini Oq uy hududida o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda", — deya munosabat bildirdi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt.