AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Retkliff Rossiya-Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralarning barcha jihatlaridan xabardor.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Irlandiyadan AQShga uchayotgan samolyotida jurnalistlarning Markaziy razvedka boshqarmasi direktori muzokaralarda muhimroq rol o‘ynaydimi yoki yo‘qmi degan savollariga javob berar ekan, ma’lum qildi.
"Retkliff ajoyib ish qilyapti. U hamma narsada ishtirok etmoqda", dedi Tramp.
Shu bilan birga, Tramp maxsus elchi Stiv Uitkoff va uning kuyovi Jared Kushner ham muzokarachilar sifatida a’lo darajada ishlayotganini ta’kidladi. U G‘azo tinchlik jarayonini misol tariqasida keltirdi.