AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Eronning yuqori darajada boyitilgan yadro yoqilg‘isi zaxirasini olib tashlashga shoshilish niyatida emasligini aytdi.
Tramp bu haqda The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Biz yadroviy chang bilan keyinroq, buni amalga oshirishga tayyor bo‘lganimizda shug‘ullanamiz. Keyingi bir-ikki oy ichida shoshilish kerak emas, deyman", dedi Oq uy rahbari.