Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp: "AQSh Eron bilan mojaroni hal qilgandan so‘ng Ukrainaga e’tibor qaratishi mumkin"

Tramp: "AQSh Eron bilan mojaroni hal qilgandan so‘ng Ukrainaga e’tibor qaratishi mumkin"

AQSh va Eron o‘rtasidagi urushni tugatish to‘g‘risidagi kelishuvdan so‘ng, Vashington ma’muriyati Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilishga e’tibor qaratishi mumkin.

AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Fransiyada bo‘lib o‘tgan G7 sammiti doirasida jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Endi bu ish tugadi, biz bunga e’tibor qaratamiz. Bunga erisha olamizmi (Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatish)", dedi Amerika yetakchisi.

U Rossiya-Ukraina mojarosini G7 mamlakatlari bilan hal qilishni muhokama qilish niyatida ekanligini aytdi. Tramp 14 iyun kuni Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlarini yuqori baholadi. "Kecha ikkita juda yaxshi suhbatlashdik. Bu haqda G7 sammitida gaplashamiz", deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: Bugun 08:21. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!