AQSh prezidenti Donald Tramp uchinchi prezidentlik muddati uchun saylovda ishtirok etish haqidagi mish-mishlarni rad etdi. NBC telekompaniyasiga bergan intervyusida u: “Men ikki muddatli prezident bo‘laman. Buni doim muhim deb hisoblaganman”, — dedi.
Avvalroq, 78 yoshli Tramp uchinchi yoki to‘rtinchi muddat qolish haqida “hazilsiz” so‘zlaganini aytgan edi, ammo keyin bu bayonotlari “yolg‘on xabar tarqatuvchi OAVni” qitmirlik bilan hazillashish uchun qilinganini bildirgan.
Floridadagi rezidensiyasida juma kuni yozib olingan intervyuda u ko‘plab odamlar undan uchinchi muddat haqida o‘ylab ko‘rishni so‘raganini, ammo bu uning shaxsiy xohishi emasligini aytdi. Shuningdek, Tramp o‘z o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan ayrim respublikachilarni tilga oldi — vise-prezident Jey Di Vens va davlat kotibi Marko Rubioni.
AQSh Konstitusiyasiga ko‘ra, prezident ikki muddatdan ortiq hokimiyatda qolishi mumkin emas.