Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu yaqin kunlarda Vashingtonga tashrif buyuradi va 7 iyul kuni Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Amerika va Isroil rahbarlarining bo‘lajak uchrashuvi kun tartibi hozircha batafsil oshkor qilinmagan. Biroq tomonlar birinchi navbatda Eron va G‘azo sektori atrofidagi vaziyatni muhokama qilishi kutilmoqda.