Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

“Tracker” yukxonasidan qariyb 9 kg narkotik modda olindi

“Tracker” yukxonasidan qariyb 9 kg narkotik modda olindi

🔥 Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi va kontrabandasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari hamda Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Toshkent – Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Tracker” rusumli transport vositasi yo‘l-patrul xizmati maskanida to‘xtatildi.

Farg‘ona shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) bilan sudlangan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salonida haydovchi o‘z iste’moli uchun saqlab qo‘ygan 1,72 gramm narkotik modda borligi aniqlandi. Qo‘shimcha tekshiruv davomida esa transport vositasining yukxonasidan 8 kg 913 gramm “gashish” moddasi olindi.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, mazkur shaxs muqaddam narkokuryerlar tomonidan qo‘shni davlatdan Toshkent viloyati hududiga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan ushbu ajal og‘usini qabul qilib olib, doimiy yashash manziliga ketayotgan bo‘lgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: Bugun 07:58. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!