Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Tottenxem"ning ikki futbolchisi YTHga uchradi

"Tottenxem"ning ikki futbolchisi YTHga uchradi

"Tottenxem"ning ikki futbolchisi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Ijtimoiy tarmoqlardagi Lilywhite Rose sahifasida shikastlangan Lamborghini avtomobili suratlari paydo bo‘ldi. Suratda avtomobil yonida Randal Kolo-Muani va Uilson Odobertni ko‘rish mumkin. London klubi futbolchilari jarohat olmagan.

Mashina o‘ng tomondan jiddiy shikastlangan. Old g‘ildirak yo‘q. Lamborghini’da xavfsizlik yostiqchalari ishlab ketgani ko‘rinib turibdi.

Izohlarda aytilishicha, YTH o‘tgan hafta sodir bo‘lgan.

"Tottenxem" keyingi o‘yinini 28 yanvar kuni Chempionlar ligasi doirasida "Ayntraxt" mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 23:46 27.01.2026. O'qildi: 212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!