"Tottenxem" Yevropa Ligasi-2024/25 mavsumi finalida "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etdi - 1:0. Hal qiluvchi o‘yin Bilbaodagi "San Mames" stadionida bo‘lib o‘tdi.
O‘yindagi yagona golga Brennan Jonson mualliflik qildi, u 42-daqiqada Papa Matar Sarrning uzatmasini golga aylantirdi.
"Tottenxem" o‘z tarixida uchinchi marta va 1984 yildan beri birinchi marta Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi. Sovrinlar soni bo‘yicha rekordchi "Sevilya" (7) hisoblanadi.
"Shporlar" kelasi mavsumda Chempionlar ligasi umumiy bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, shuningdek, "PSJ" yoki "Inter" bilan UYEFA Superkubogida o‘ynaydi.