Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentning ikki tumani aholisi vaqtincha gazdan uziladi

Toshkentning ikki tumani aholisi vaqtincha gazdan uziladi

Toshkent shahrining ikki tumani aholisiga bugun, 8 aprel kuni gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” GTF xabar berdi.

Unda aytilishicha, ta’mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlarining quyidagi hududlariga 8 aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 18:00 gacha):

  • “Darxon”, “Katta Oltintepa” va “Oliyhimmat” MFY;
  • Aholi xonadonlari soni: 550 ta yerli xonadon, 7 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 11 ta.

Yakkasaroy tumani (11:00 dan 18:00 gacha):

  • “Shoxjahon” MFY;
  • Aholi xonadonlari soni: 9 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 8 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘radi.

Kiritildi: 10:38 08.04.2025. O'qildi: 739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!