Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyalik deputat Qirg‘izistonni "surbetlashgan tashkilot" deb atadi. Janjal ko‘tarildi

Rossiyalik deputat Qirg‘izistonni "surbetlashgan tashkilot" deb atadi. Janjal ko‘tarildi

Qirg‘iziston parlamenti deputati Dastan Bekeshev Rossiya Davlat dumasi deputati Mixail Matveevni rasmiy Bishkekka nisbatan aytgan gaplari uchun persona non grata deb e’lon qilishni taklif etdi.

Bundan oldin Matveev O‘shdagi Rus uyi xodimining qamoqqa olinishini sharhlayotib, RTVI’ga bergan intervyusida shunday degan edi: "Buyuk davlatda o‘zini beadablarcha tutayotgan kichik surbet tashkilotni joyiga qo‘yishning millionlab usullari bor."

Shuningdek, u Markaziy Osiyo davlatlari Rossiyaga qaram bo‘lishiga qaramay, unga nisbatan "umuman olganda o‘zlarini yetarlicha beadabona tutishayotganini" ta’kidladi va qo‘shimcha qildi: "Menimcha, masalan, Qirg‘izistonga Rossiya banklaridan pul o‘tkazmalarini to‘xtatish va cheklash oson ish."

Bekeshev bunday bayonotlarni nodiplomatik va xavfli deb baholadi: "Mixail Matveevga o‘xshaganlar mamlakatlarimiz o‘rtasiga nifoq solmoqda. Menimcha, bunday fikrlarga Rossiya hukumati tomonidan chek qo‘yilishi lozim. Tashqi ishlar vazirligimiz esa Rossiya elchisini chaqirib, unga nota topshirishi va Matveevni persona non grata deb e’lon qilishi kerak."

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda yollanma askarlarni yollash ishi bo‘yicha to‘rt kishi qamoqqa olingan edi. Ular orasida Rus uyi xodimi Natalya Sekerina va O‘sh shahar hokimligi matbuot kotibi Sergey Lapushkin ham bor.

Kiritildi: 22:26 26.04.2025. O'qildi: 1973 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!