Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkentning eng yaxshi restoranlari aniqlandi

A A A
Toshkentning eng yaxshi restoranlari aniqlandi

Toshkentdagi nufuzli Hyatt Regency mehmonxonasida eng yaxshi jamoat ovqatlanish muassasasi tanlovining yakunlari e’lon qilindi deb xabar qilmoqda, MyDay nashri.

Tanlovda nominasiyalar bir talay: eng yaxshi restoran, kafe, bar va fast-fud, ofisiant, shef povar va boshqa bir talay nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlangan. Shunday qilib, ommaviy ovqatlanish sohasida eng yaxshi:

  • Fast-fud GŌSHT;
  • Interyer bo‘yicha - Steam bar;
  • Kafe - ChayKof;
  • Bar - The Bar;
  • Osiyo taomlari - HORI (uchinchi marta);
  • Evropa taomlari - Basilic;
  • Milliy taomlar - SalSal;
  • Shef-oshpaz Aleksey Kovalev.

Tanlovning bosh sovrini, Gran-Pri esa - Pasternak restoraniga berilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlov Meal Drinks Choice Award nomi bilan ataladi va O‘zbekistonda uchinchi bor o‘tkazilmoqda. Tanlov g‘oliblari yashirin hay’at a’zolari hamda internet orqali ovoz berishi yo‘li bilan aniqlangan. Ovoz berish jarayonida umumiy hisobda 41 ming kishi ishtirok etgan.

Manba: sof. uz

Kiritildi: 20:24 27.01.2019. O'qildi: 4468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!