Sirdaryo viloyatida Qarshi — Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Lacetti rusumli mashina to‘xtatilgan vaqtda yukxonasidan 361 kilogramm eshak go‘shti aniqlandi.
Ma’lumotga ko‘ra, go‘sht mahsulotlari Qashqadaryodan yuborilgan. Veterinariya laboratoriyasi ular eshak go‘shti ekanini rasman tasdiqlagan.
Hozirda holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.