Bugun 12 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentdan Krasnodarga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Toshkentdan Krasnodarga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Chiptalarni elektron shaklda avtoticket.uz sayti hamda “UzBus” mobil ilovasi orqali, shuningdek, “Toshkent“ avtovokzali kassalaridan sotib olish mumkin.

Transport vazirligining xabar berishicha, mazkur yo‘nalishda qatnovlar “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan haftaning seshanba va juma kunlari “Yutong” avtobuslarida amalga oshiriladi.

Ilk qatnov joriy yilning 8 aprel kuni bajariladi. Avtobus “Toshkent“ avtovokzalidan soat 20:00 da jo‘nab ketadi. Chipta narxi 900 000 so‘m etib belgilangan.

Kiritildi: 15:24 06.04.2025. O'qildi: 1483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!