Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentdagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Kecha, 18 iyul kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 21:30 da tumanning Nurobod 2-tor ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 21:40 da yetib borgan. Yong‘in 22:13 da qurshab olingan hamda soat 22:33 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Kiritildi: 11:40 19.07.2025. O'qildi: 675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!