Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentdagi tungi klub oldida pichoqbozlik: 2 kishi halok bo‘ldi! Prokuratura bayonot berdi

A A A
Toshkentdagi tungi klub oldida pichoqbozlik: 2 kishi halok bo‘ldi! Prokuratura bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Yunusobod tumanida qotillik sodir etilganligi yuzasidan xabar tarqalgan.

Aniqlanishicha, 2020 yil 20 sentyabr kuni soat 06.00 larda Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasida joylashgan tungi klubidan chiqqan shaxslar ko‘chada turgan boshqa bir guruh shaxslar bilan o‘zaro janjallashgan.

Janjal vaqtida, fuqaro S.X. yonida bo‘lgan pichoq bilan 4 nafar shaxsga bir necha martotaba tan-jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Oqibatda, 2 nafar shaxs vafot etgan, qolgan 2 nafarini hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan S.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

S.X. prosessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:02 21.09.2020. O'qildi: 8749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!