Toshkentning Chilonzor tumanidagi sotuv ofislaridan biri yonib ketdi. Holat aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Poytaxt FVB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 26 fevral kuni soat 02:18 da Chilonzor tumani “Tirsakobod” MFY hududida joylashgan, qurilish olib borilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:21 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:46 da qurshab olingan va soat 02:54 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.