UYEFA Chempionlar ligasi yarim final bosqichining ikkinchi uchrashuvi yakunlandi. Unda Kataloniyaning «Barselona» jamoasi Milanning «Inter»siga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv Ispaniyadagi «Olimpik Lyuis Kompanis» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bellashuv jangovar durang bilan yakunlandi — 3:3.
Hisob uchrashuvning 30-sekundidayoq ochildi. «Inter» hujumchisi Markus Tyuram Denzel Dumfrisning uzatmasidan so‘ng to‘pni tovoni bilan darvozaga yo‘lladi. 21-daqiqada Dumfris Franchesko Acherbining uzatmasidan so‘ng "qaychi" zarba bilan jamoasining ustunligini ikki barobar oshirdi.
Oradan uch daqiqa o‘tib, Lamin Yamal raqb futbolchilarini aldab o‘tib jarima maydoniga kirdi va ajoyib zarba bilan hisobdagi farqni qisqartirdi. 38-daqiqada esa Ferran Torres Rafinyaning uzatmasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi.
64-daqiqada Dumfris burchak to‘pdan keyin dublini rasmiylashtirib, mehmonlarni yana oldinga olib chiqdi. Golli pas esa Hoqon Chalxanog‘luga tegishli bo‘ldi. Bir daqiqa o‘tib, 65-daqiqada «Barselona»ning burchak to‘pidan keyin Rafinya jarima maydoni tashqarisidan darvoza tomon zarba berdi. To‘p to‘sindan so‘ng «Inter» darvozaboni Yan Zommerning boshiga tegib, to‘rga kirdi. Bu gol avtogol sifatida Zommer hisobiga yozildi.
3:3 hisobi o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi. Javob o‘yini 6 may kuni Milan shahrida bo‘lib o‘tadi.
Chempionlar ligasi. Yarim final. Dastlabki o‘yin
2025 yil 30 aprel, chorshanba.
«Barselona» (Ispaniya) — «Inter» (Italiya) - 3:3
Gollar: 0:1 — Tyuram (1'), 0:2 — Dumfris (21'), 1:2 — Yamal (24'), 2:2 — Ferran Torres (38'), 2:3 — Dumfris (64'), 3:3 — Zommer (65 avtogol)