Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Putin Kursk viloyatida hanuz Ukraina askarlari borligini tan oldi

Putin Kursk viloyatida hanuz Ukraina askarlari borligini tan oldi

Putin Ukraina qo‘shinlari hanuz Kursk viloyatida qolayotganini tan oldi, ammo Rossiya prezidenti ular “erto‘lalar burchaklarida” o‘tirganini da’vo qilmoqda.

“Bu qiyin davr, ular hali tugamadi”, — deya Putinning so‘zlarini keltiradi TASS. - Ha, ular dushmanni Kursk viloyatidan haydab chiqarishdi, lekin ular hali ham u yerda "kovaklarda", yerto‘lalarda o‘tirishibdi. U yerda nima deyishayotganini eshitamiz – evakuasiya qilishni so‘rayapti. Ammo evakuasiya qilishning iloji yo‘q, chunki o‘rmonda, qandaydir teshiklarda ikki-uch kishidan iborat tarqoq guruhlar yuribdi”.

Shu hafta Rossiya rasmiylari Kursk viloyatida Ukraina qo‘shinlarining "to‘liq mag‘lubiyati" haqida e’lon qilgandi.

Ukraina armiyasi, ularning bayonotlariga ko‘ra, o‘z nazorati ostida qolgan so‘nggi aholi punktlaridan haydab chiqarilgan.

Biroq Kiyevning iddao qilishicha, bu bayonot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va ular “Ukraina mudofaa kuchlarining Kursk viloyatidagi belgilangan hududlarda operasiyasi davom etayotganini” aytishdi. Ukrainaning DeepState loyihasi xaritasiga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari Kursk viloyatidagi Rossiya va Ukraina chegarasi yaqinidagi kichik chiziqlarni nazorat qiladi.

Kiritildi: 05:32 01.05.2025. O'qildi: 1006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!