Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi ko‘chalardan birida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, cheklov issiqlik tarmoqlari quvurlarini yangisiga almashtirish munosabati bilan tashkil etilgan.
Natijada joriy yilning 18- avgustidan-30-avgustigacha 10 kun muddatga yulning ushbu qatnov qismi yopiladi:
• Chilonzor tumanida Farhod ko‘chasi Shuhrat chorrahasidan Chilonzor metro bekati chorrahasiga qadar.