15 avgust kuni soat 03:41 da Uchtepa tumanidagi xonadonlardan birida yong‘in chiqqani haqida “112” tizimi orqali xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar xonadondagi odamlarni xavfsiz joyga olib chiqib, yong‘inni o‘chirishga kirishgan.
Biroq FVV Maxsus qutqaruv batalyoni guruh komandiri, kapitan Boburmirzo Pardayev yong‘inni bartaraf etish vaqtida halok bo‘lgan.
FVV marhum qutqaruvchining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.