Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” GTF mas’ul shaxslari qabul qilib olingan va iste’molchilarga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi o‘rtasidagi tafovutni kelib chiqish sabablarini aniqlamasdan, oddiy yo‘qotish sifatida hisobotga kiritib, davlat va jamiyat manfaatlariga 251,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.