Bugun 16 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Lugano» o‘zbekistonlik muxlislar oqimidan keyin bayonot berdi

«Lugano» o‘zbekistonlik muxlislar oqimidan keyin bayonot berdi

Shveysariyaning «Lugano» klubi Instagram’dagi obunachilari soni 60 ming nafarga yetganini ma’lum qildi va o‘zbekistonlik muxlislarga minnatdorlik bildirdi.

Klub matbuot xizmati rasmiy Instagram sahifasida O‘zbekiston bayrog‘i tasvirlangan postni e’lon qilib, o‘zbekistonlik muxlislarga murojaat qildi.

«Rahmat, o‘zbekistonlik muxlislar!

O‘zbekistondan qo‘shilgan yangi muxlislarimizning beqiyos qo‘llab-quvvatlashi tufayli Instagram’da 60 ming obunachi marrasiga yetdik.

Biz Behruz Karimovning jamoamiz safidagi ilk lahzalarini sizlar bilan baham ko‘rishni intiqlik bilan kutmoqdamiz. Keyingi yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatib boring!

“Lugano” oilasiga xush kelibsiz!», — deyiladi xabarda.

10 avgust kuni «Lugano» «Surxon» klubining 19 yoshli hujumchisi Behruz Karimov transfer qilinganini rasman e’lon qilgan edi. Futbolchi Shveysariya klubi bilan 2031 yil 30 iyunga qadar amal qiladigan besh yillik shartnoma imzoladi.

Transfer summasi 250 ming yevro va qo‘shimcha bonuslarni tashkil qildi. Shuningdek, «Surxon» futbolchining keyingi transferidan 10 foiz ulush oladi.

Behruz Karimov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan bo‘lib, Kolumiya va Portugaliyaga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushgan.

Kiritildi: Bugun 09:49. O'qildi: 1612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!