Bugun 16 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

General Motors (GM) konserni Xitoyda Chevrolet rusumidagi avtomobillar sotuvi to‘xtatilishini e’lon qildi

General Motors (GM) konserni Xitoyda Chevrolet rusumidagi avtomobillar sotuvi to‘xtatilishini e’lon qildi


GM China bo‘linmasining xabar qilishicha, SAIC Motor bilan qo‘shma korxonada Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqarish davom etadi, lekin ular Yaqin Sharq, Afrika, Janubiy Amerika, Meksika va Osiyo-Tinch okeani hududida sotuvga chiqariladi.

Xitoy yengil avtomobillar assosiasiyaning ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyda Chevrolet eksporti birinchi yarim yillikda 6,9%ga o‘sgan.

So‘nggi yillarda Xitoy bozorida Chevrolet o‘z mavqeini yo‘qotmoqda. 2014 yilda 760 ming dona avtomobil sotilgan bo‘lsa, 2025 yilda 9 ming donaga yaqin avtomobil sotilgan.

Mart oxirlarida Skoda kompaniyasi Xitoyni tark etishini e’lon qilgandi. Kompaniya 15 yil avval Xitoyda yiliga 300 ming dona avtomobil sotgan bo‘lsa, 2025 yilda sotuv 15 ming donaga tushib ketgan.

Kiritildi: 22:00 15.08.2026. O'qildi: 877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!