O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Ramazon Temirovning navbatdagi jang tafsilotlari rasman tasdiqlandi.
UFC matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘zbekistonlik MMA jangchisi 24 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahridagi “Etihad Arena” majmuasida o‘tkaziladigan UFC 333 turnirida oktagonga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli Ramazon Temirov o‘zining so‘nggi jangini ham aynan Abu-Dabida o‘tkazgan edi. 25 iyul kuni bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 282 turnirining markaziy bahslaridan birida (asosiy jangdan oldingi to‘qnashuv) u avstraliyalik Stiv Ersegga qarshi oktagonga ko‘tarilgan.
Ushbu qarama-qarshilikda Temirov 30 yoshli raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratib, o‘zining 22-jangidagi 20-g‘alabasini tantana qilgan edi.