Rossiyaning Ukrainaga so‘nggi yirik hujumi vaqtida "Patriot" havo hujumidan mudofaa tizimlarining ayrim uchirish qurilmalarida raketalar bo‘lmagan. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Ukraina Rossiya tomonidan uchirilgan raketalar va ularning qanchasi urib tushirilgani haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishni to‘xtatgan yoki cheklagan.
Financial Times bu qarorni, jumladan, aholi ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik istagi hamda "Patriot" tizimlari uchun mo‘ljallangan zenit raketalarining keskin taqchilligi bilan bog‘lamoqda.
Manbaga ko‘ra, raketa zaxiralarining kamayishi Rossiyaning havo hujumlariga qarshi kurashishda Ukraina havo mudofaa tizimi imkoniyatlarini cheklamoqda.