Bugun 14 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Krishtianu Ronaldu 41 yoshida Jorjina Rodriges bilan oila qurdi. Yulduzli juftlik deyarli o‘n yillik munosabatlardan so‘ng o‘z nikohlarini rasmiylashtirdi.

Jornal de Noticias nashrining Brunswick Group manbasiga tayanib xabar berishicha, nikoh marosimida Ronaldu va Jorjinaning besh nafar farzandi ishtirok etgan. Shuningdek, mehmonlar orasida Krishtianuning yoshlikdagi do‘sti — Migel Payshau, Jorjinaning singlisi Ivana, ispaniyalik zargar Xose Rodriges Sangil va uning rafiqasi bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, to‘yda Krishtianu Ronalduning onasi — Doloresh Aveyru ishtirok etmagan. Marosimda futbolchining aka-uka va opa-singillari ham bo‘lmagan. Biroq buning hech qanday nizo yoki kelishmovchilikka aloqasi yo‘qligi aytilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:23. O'qildi: 3010 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!