Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda bir qiz 1 iyun bayram munosabati bilan yuzaga kelgan tirbandliklarda viloyatliklarni ayblab, Instagram'ga video joylagan edi. Natijada ushbu video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda uznews.uz yozmoqda.
Qiz viloyatliklarni qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilib, hamma o‘z viloyatiga qaytib ketishini va Toshkentga kelmasligini aytgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilgan. To‘plangan hujjatlar Yakkasaroy tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Unga ko‘ra, MJtKning 183-moddasiga asosan, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.