Bugun 21 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda suv sepuvchi mashinalar va favvoralar ishga tushirildi

Toshkentda suv sepuvchi mashinalar va favvoralar ishga tushirildi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Toshkent ko‘chalari va yashil hududlarda chang ifloslanishini kamaytirish maqsadida suv sepuvchi mashinalar va favvoralarni ishga tushirdi. Maxsus mashinalar yo‘l qoplamasini va daraxtlarni suvorib, tabiiy changni to‘kishga yordam beradi va shahar havo sifatini yaxshilaydi.

Shuningdek, poytaxtdagi barcha favvoralar ham ishga tushirilgan bo‘lib, ular 24/7 rejimga o‘tkazildi. Ularning faoliyati mikroiqlimni saqlashga va jamoat joylaridagi chang yuklamasini kamaytirishga yordam beradi.

Ta’kidlash joizki, Qo‘mita tomonidan havo ifloslanishini kamaytirish maqsadida tezkor shtab tuzilgan bo‘lib, poytaxtdagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:33. O'qildi: 272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!