Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlandi,zo‘ravonlik qilgan shaxs qamoqqa olindi

Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlandi,zo‘ravonlik qilgan shaxs qamoqqa olindi

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 6-sinf o‘quvchisi jinsiy zo‘rlangani aytilmoqda. Viloyat IIB matbuot xizmati holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 28 mart kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan tuman ichki ishlar organlariga 8-umumta’lim maktabida tahsil oluvchi voyaga yetmagan farzandiga nisbatan sodir etilgan noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Namangan viloyatida maktab o‘quvchisiga nisbatan sodir etilgan jinsiy zo‘ravonlik jinoyati holati Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi.

Aniqlanishicha, 2026 yil 28 mart kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro H.D tuman IIB ga murojaat qilib, voyaga yetmagan farzandi O.O (2013 yilda tug‘ilgan qiz bola) tumandagi umumta’lim maktabi 6-sinfda o‘qishi, mazkur maktabning o‘qituvchisi T.Sh (1973 yilda tug‘ilgan erkak) uning farzandiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumonlanuvchi T.Sh prosessual tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani o‘z vakolati doirasida bolaga qarshi sodir etilgan jinoyat ishi yurituvi hamda jabrlanuvchi-bolaning prosessual huquqlari ta’minlanishi yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Bu haqda qo‘shimcha tarzda ma’lumot beriladi, deyiladi Bolalar ombdusmani xabarida

Kiritildi: Bugun 15:00. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!