Jurnalist, publisist, yozuvchi, tarjimon va siyosatchi Karim Bahriyev 64 yoshida olamdan o‘tdi.
U biroz muddat oldin insult bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.
Karim Bahriyev 1962 yilda Urgut tumani G‘o‘s qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand davlat universiteti rus filologiyasi fakulteti, Moskva Davlat universitetida tahsil olgan. “Hurriyat”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Ma’rifat” gazetalari va “Jahon adabiyoti”, “Dugonalar” jurnallarida faoliyat yuritgan.
“Sabr kosasining siniqlari”, “Tomchidil” she’riy kitoblari, “Demokratiya va inson huquqlari”, “Jurnalistning huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyati”, “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy asoslari”, “Haqiqat talabgorimiz”, “So‘z erkinligi haqida so‘z” kabi kitoblari nashr etilgan. Shuningdek, “Media huquqi” darsligi muallifi.
Aniq.uz sayti jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.