Bu haqda "Kommersant’" xabar berdi.
Vuchich "uch-to‘rt oy", balki undan ham oldinroq lavozimini tark etishini taxmin qildi. U ofisni oz-ozdan bo‘shatishni boshlaganini ta’kidladi.
"Prezident devonxonasida kitoblarimni yig‘ishni boshladi. Men do‘stlarimdan 500 ta kitobni kim qabul qilishi mumkinligini so‘radim, men o‘z muddatim davomida olgan 1200 tasini biror muassasaga xayriya qilaman," - dedi u.
Vuchich, shuningdek, bosh vazir lavozimiga nomzodini ko‘rsatish haqida o‘ylayotganini, amaldagi hokimiyatdan prezidentlik lavozimiga munosib voris izlayotganini tan oldi.
U bo‘lajak prezidentlikka nomzodni "davlat nima ekanligini biladigan mas’uliyatli, bilimli va g‘ayratli inson" sifatida ta’rifladi.
Vuchich 2017 yil 31 maydan beri Serbiya prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda, 2022 yilda rasman 2027 yil may oyida tugaydigan ikkinchi muddatga qayta saylangan. Serbiya Konstitusiyasiga ko‘ra, bir shaxs ko‘pi bilan ikki marta besh yillik muddatga prezident bo‘lishi mumkin.