Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Putin migrantlar bo‘yicha yana bir qonunni imzoladi

Putin migrantlar bo‘yicha yana bir qonunni imzoladi

Vladimir Putin migrantlarni Rossiyaga kirgan kunidan boshlab 30 kun ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tishga majburlovchi qonunni imzoladi – OAV

Xabarlarga ko‘ra, migrantlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgani uchun jarimalar oshirildi hamda xavfli kasalliklar yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomalarni qalbakilashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik tasdiqlandi.

Atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan kasallik, shu jumladan OIV yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomani qalbakilashtirganlik yoki undan foydalanganlik uchun to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va 1 million rublgacha jarima, yuqumli kasallik yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomani qalbakilashtirganlik uchun esa besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va 1,5 million rublgacha jarima belgilandi.

Agar ushbu jinoyat internet orqali, xizmat mavqeidan foydalangan holda, oldindan til biriktirgan guruh tomonidan yoki boshqa jinoyatni yashirish maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, jazo olti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va 1 milliondan 2 million rublgacha jarimani tashkil etadi, deyiladi xabarlarda.

Kiritildi: Bugun 12:08. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!