Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Hech qanday mojaro yo‘q... - Kannavaro

Hech qanday mojaro yo‘q... - Kannavaro

“Hech qanday mojaro yo‘q. Hech kimga nisbatan kamsitish yoki hurmatsiz munosabat bo‘lgani yo‘q”, — dedi Fabio Kannavaro terma jamoa tekshiruvi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berar ekan

Bosh murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, bu odatiy tekshiruvlar bo‘lgan. U terma jamoalar oddiy yo‘lovchilar kabi aeroport terminallari orqali o‘tmasligini qo‘shimcha qilgan.

“Oddiy yo‘lovchilar terminalda o‘tadigan tekshiruvlardan biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri aerodrom hududida o‘tamiz. Tekshiruvlar mutlaqo bir xil. Bu standart tartib-taomil”, — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarda.



Uning qayd etishicha, terma jamoalar uchrashuvlar oldidan ham tekshiruvdan o‘tkaziladi: Niderlandiya terma jamoasi mehmonxonada, O‘zbekiston terma jamoasi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri stadionda tekshirilgan.

Kiritildi: Bugun 09:21. O'qildi: 613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!