Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida qizamiq kasalligiga gumon qilingan 290 ta holat aniqlangani va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 10 ming nafardan ortiq shaxs ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mazkur xabarlar yuzasidan izoh berdi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda poytaxtda va butun mamlakat bo‘ylab qizamiq bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror. Aholini xavotirga solish uchun asos yo‘q.
Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda keltirilgan raqamlar 2026 yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomida qayd etilgan jamlanma ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Shu sababli ularni qisqa vaqt ichida aniqlangan yoki ayni vaqtdagi holat sifatida talqin qilish noto‘g‘ri.
Qayd etilishicha, qizamiq bilan kasallanish ko‘rsatkichi 2025 yilning mos davriga nisbatan 40 foizga kamaygan.
Shu munosabat bilan qo‘mita ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik va asossiz xavotir uyg‘otuvchi xabarlarni tarqatmaslikni so‘radi.
Emlash ko‘rsatkichlari
Ma’lum qilinishicha, 2026 yilning dastlabki to‘qqiz oyida Toshkent shahrida rejali emlash doirasida:
qizamiq, epidemik parotit va qizilchaga qarshi (KPK) vaksinasi bilan emlangan.