Toshkent shahrida “GCI Gemological Centers Uzbekistan” nomli xalqaro gemmologiya markazi tashkil etiladi.
U qimmatbaho toshlarni “GCI” xalqaro standartlari asosida baholash va sertifikatlash, professional gemmologik ekspertizalar o‘tkazish hamda ushbu sohada ta’lim dasturlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
“GCI Gemological Centers Ltd.” — dunyo miqyosida tan olingan, Isroilda joylashgan nufuzli gemmologiya kompaniyasi bo‘lib, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni baholash, ularni xalqaro mezonlar asosida sertifikatlash va sohaviy ta’limni tashkil etish yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.