AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuv sanasi va joyini aytdi.
Amerikalik yetakchi bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
"Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uzoq kutilgan uchrashuvim kelasi juma, 15 avgust kuni buyuk Alyaska shtatida bo‘lib o‘tadi. Tafsilotlar keyinroq. E’tiboringiz uchun rahmat!" - deb post qoldirdi Tramp.
Avvalroq The New York Times o‘z manbalariga tayanib, Tramp Putin bilan uchrashishni, tez orada esa Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishni kutayotgani haqida xabar bergan edi.