Ukrainaliklar o‘z yerlarini Rossiyaga bermaydilar.
Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
"Ukraina hududiy masalasiga javob allaqachon Ukraina Konstitusiyasida bor. Bundan hech kim chetga chiqa olmaydi va chekinishi ham mumkin emas", - dedi u.
Zelenskiy Ukraina tinchlikka olib keladigan haqiqiy qarorlar qabul qilishga tayyorligini ta’kidladi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi va Ukrainasiz qabul qilinadigan har qanday qarorlar tinchlikka erishishga to‘sqinlik qiladi.
"Ukrainasiz qarorlar hech narsa bermaydi. Bu o‘lik qarorlar, ular hech qachon ishlamaydi. Va barchamizga odamlar hurmat qiladigan haqiqiy, tirik tinchlik kerak. Biz prezident Tramp bilan barcha sheriklar bilan birgalikda haqiqiy, eng muhimi, mustahkam tinchlik – Moskvaning xohish-istaklari tufayli buzilmaydigan tinchlik uchun harakat qilishga tayyormiz", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.