Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Amerika yetakchisi Donald Trampning Alyaskadagi muzokaralarida ishtirok etishi mumkin.
Bu haqda Oq uyning yuqori martabali mulozimiga tayanib, CBS News xabar berdi.
"Vladimir Zelenskiy u yoki bu shaklda ishtirok etishi mumkin" - deyiladi telekanal xabarida.
Avvalroq Tramp Putin bilan uchrashuvi 15 avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tishini aytgan va Kreml bu ma’lumotni tasdiqlagan edi.