Buyuk Britaniya qiroli Karl III davlat rahbari bo‘lgan Grenada Millatlar Hamdo‘stligi davlati Britaniya monarxiga sodiqlik qasamyodidan rasman voz kechdi.
Bu haqda Daily Mail gazetasi xabar bermoqda.
"Grenada qirol Karl III ga sodiqlik qasamyodidan voz kechdi, chunki Hamdo‘stlik mamlakatlari Britaniya monarxini o‘z suverenligi maqomidan mahrum qilish masalasini ko‘rib chiqishda davom etmoqda”, — deyiladi nashr.
Qayd etilishicha, kelajakda Grenada rasmiylari Britaniya monarxiga emas, balki Grenadaning o‘ziga sodiqlik qasamyod qiladi. Nashrning yozishicha, mamlakat qonunchiligiga kiritilgan tegishli tuzatishlar o‘tgan juma kuni kuchga kirdi.
Gazetaning ta’kidlashicha, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II vafotidan so‘ng Britaniya monarxini davlat rahbari maqomidan mahrum qilish haqidagi chaqiriqlar Hamdo‘stlikning qator mamlakatlarida tobora ko‘proq eshitilmoqda.