Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Putin Rossiya prezidentlarining orasida hech qaysi biri amalga oshirmagan ishni qilishga yaqin turibdi

Putin Rossiya prezidentlarining orasida hech qaysi biri amalga oshirmagan ishni qilishga yaqin turibdi

Prezident Vladimir Putin Alyaskaga tashrif buyurgan birinchi Rossiya rahbari bo‘ladi.

Bu haqda Rossiya OAVlari xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Amerikaning bu davlatiga ilgari hech bir Rossiya prezidenti tashrif buyurmagan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rtacha amerikalik o‘z hayoti davomida o‘n yarim shtatga tashrif buyuradi, ammo har o‘ninchi odam o‘z shtatidan tashqariga hech qachon sayohat qilmagan va AQSh aholisining atigi 12 foizi Alyaskaga tashrif buyurgan.

Rossiya prezidenti AQShga oxirgi marta 2015 yilda tashrif buyurgan.

Putin va Tramp o‘rtasidagi uchrashuv 15 avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tadi.

Bu ma’lumotni Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakov tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, joy tanlashga ikki davlatning geografik yaqinligi ta’kidlagan.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 2478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!