Bugun 31 iyul, 2026 yil, juma

КИР

Toshkentda qariyb 80 ming yo‘lovchi chiptasiz harakatlangani uchun jarimaga tortildi

Toshkentda qariyb 80 ming yo‘lovchi chiptasiz harakatlangani uchun jarimaga tortildi

Toshkentda 2026 yil boshidan buyon avtobuslarda chiptasiz yurgan 79 618 nafar yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

“Har bir huquqbuzar yo‘lovchiga nisbatan BHM 1/10 qismi (41 200 so‘m) miqdorida jarima solingan. 2026 yilning o‘tgan davri mobaynida huquqbuzarlik sodir etgan yo‘lovchilardan undirilgan jarimalar miqdori deyarli 2 mlrd so‘mni tashkil etdi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, avtobuslarda to‘lov intizomini oshirish maqsadida yo‘l haqi tushumi kamayib borayotgan yo‘nalishlarda muntazam nazorat reydlari o‘tkazilyapti.

Kiritildi: Bugun 14:48. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!