Toshkent shahar jamoat transportida yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlanish holatlariga qarshi nazorat kuchaytirildi. Bu haqda Transport nazorati inspeksiyasi ma’lum qildi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davri davomida inspektorlar 19 632 ta qoidabuzarlikni aniqlagan. Barcha holatlar bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, oktyabr oyidan boshlab “Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” DM xodimlari planshetlar bilan ta’minlandi. Endi ular yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlangan yo‘lovchilarga nisbatan mustaqil ravishda ma’muriy bayonnoma tuzish huquqiga ega.