Toshkentda odamlarni "Haj"ga yuborishni va’da qilib $37,2 ming olganlar qo‘lga olindi.
IIBB xabariga ko‘ra, Uchtepa tumanidagi “Mahdiy turizm” MCHJ xodimi lisenziyasi yo‘qligiga qaramay to‘rt nafar fuqaroni “Haj” safariga yuborishni va’da qilib, ulardan $27 200 olgan paytida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shu kabi holat Shayxontohur tumanida ham kuzatilgan. U yerda “Sohil turizm” rahbari ikki fuqaroning ishonchiga kirib, $10 000 olgan paytida ushlangan.
Mazkur holatlar bo‘yicha hujjatlar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.