“Tolibon” Rossiya harakatni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqargani uchun Moskvaga minnatdorchilik bildirdi.
Bu haqda Afg‘onistonning Moskvadagi elchixonasiga tayanib “TASS”agentligi xabar bermoqda.
"Biz Rossiyaning mazkur qarori uchun minnatdormiz, bu mamlakatparimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi", deyiladi Afg‘oniston diplomatik idorasi bayonotida.
Shu bilan birga, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Rossiya Federasiyasi Oliy sudining “Tolibon” harakati faoliyatini taqiqlashni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori Moskvaning BMT Xavfsizlik kengashining sanksiyalar rejimiga rioya qilish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini o‘zgartirishga olib kelmaydi.