AQSh prezidenti Donald Tramp va uning ma’muriyati mamlakatning Markaziy bank vazifasini bajaruvchi Federal zaxira tizimi (FZT) raisi Jerom Pauellni lavozimidan chetlashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Oq uy huzuridagi Milliy iqtisodiy kengash raisi Kevin Xasset jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Prezident va uning jamoasi bu masalani ko‘rib chiqishni davom ettiradi," - dedi u tegishli savolga javob berib.
Kuni kecha Tramp, agar u istasa, FZT raisi o‘z lavozimini tark etishga majbur bo‘lishini aytgan edi. "[Pauell] biroz sekinlik qilyapti va men undan mamnun emasman. Men unga buni tushuntirdim. Agar men uning ketishini xohlasam, u u yerdan juda tez ketadi, menga ishoning," - deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti. Shuningdek, u FZT uchun pasaytirish zarur deb hisoblashini qo‘shimcha qildi.